Toshkent farmatsevtika institutida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ingliz tilidan test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

08.08.2018, 10:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2679

2018-yil 08-avgust kuni Toshkent farmatsevtika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi “2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 5A320406 – Dori vositalar va preparatlar texnologiyasi, 5A510501 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya, 5A510502 – Farmatsvetika ishini tashkil qilish va boshqarish, 5A510602 – Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi va 5A510603 – Dorilarning sanoat texnologiyasi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ingliz tilidan test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

     

     

     

Test sinovlarini shaffofligini ta’minlash uchun Mirobod tumani 5-farovon saylov okrugidan deputat Xakimov G‘ulomjon G‘ofurovich, 4-Oybek saylov okrugidan deputat Rashimdova Gulnora Xabibullayevna, 8-Mirobod saylov okrugidan deputat Rashidova Umida Anvarovna, 2-Afrosiyob saylov okrugidan deputat Saidxodjayeva Malika Xamidovna, 9-Baynalminal saylov okrugidan deputat Sagatov Ibroxim Raufovich, shuningdek, Mirobod tumani prokuraturasining katta tergovchisi Umarov Jamshid Abdumadjitovichlar ishtirok etdilar. Bundan tashqari magistratura abiturientlarining ota-onalari test jarayonini monitor orqali kuzatib borishlari uchun maxsus xona tashkil qilindi.

     

     

Test sinovlari soat 800 da boshlandi, kech qolgan abiturientlar test jarayonlariga qo‘yilmadi.