2018-2019 o’quv yilida magistratura bosqichiga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan institut rektori, professor I.I.Alimdjanov bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

06.08.2018, 16:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2680

Toshkent farmatsevtika institutida 6-avgust kuni 9:00 da 2018-2019 o’quv yilida magistratura bosqichiga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan institut rektori, professor I.I.Alimdjanov bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Rektor dastlab barchani magistratura kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tishlarini tiladi va aniq tavsiyalarini berdi. Qabul komissiyasi ma’sullari tomonidan magistraturaning kirish imtihonlari jadvali, imtihon shakli, baholash mezonlari va boshqalar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi. Magistraturaga qabul ochiq, shaffof va adolatli o’tkazilishi hususida so’z yuritildi. Talabalarning ilmiy faoliyatga qiziqishini rag’batlantirish, qo’llab-quvvatlash maqsadida institutda barcha kafedralarning moddiy-tehnik ba’zasini mustahkamlashga qaratilgan ishlar ko’lami ortmoqda. Institut ilmiy salohiyatini oshirish, chet tillarida dars jarayonlarini tashkil etish, sohani malakali mutahassislar bilan ta’minlash bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Muloqot davomida abituriyentlarning qiziqtirgan savollariga institut rahbariyati va ma’sul hodimlar tomonidan javoblar berildi. Barchaga omad tilaymiz.