Toshkent farmatsevtika institutida Andrey Petrovich Meshkovskiyning “GMP qoidalari va dorilar registratsiyasi” mavzusida katta ilmiy seminari yakuni bo’lib o’tdi.

28.07.2018, 17:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3016

     

2018-yil 28-iyul kuni Toshkent farmatsevtika institutida I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetining sanoat farmatsiyasi kafedrasi dotsenti, Halqaro farmatsevtika federatsiyasi a’zosi, GMP texnologiyalari va ularni amaliyotga tatbiqi bo’yicha yetakchi mutaxassis Andrey Petrovich Meshkovskiyning tashrifi o’z yakuniga etdi. O’zR Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi №PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish chora tadbirlari” to’g’risidagi qarorining ijrosini amalga oshirish maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida tashkil etilgan sohadagi xorijiy davlatlarning etakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish va malakali mutaxassislarni professor o’qituvchilar malakasini oshirish, hamda o’quv jarayoniga jalb etgan holda 23.07.2018-28.07.2018 gacha rejalashtirilgan navbatdagi dasturi amalda o’z samarasini ko’rsatdi. Bunga asosan, A.P.Meshkovskiyning “GMP qoidalari va dorilar registratsiyasi” mavzusida katta ilmiy seminari qatnashuvchilar orasida katta qiziqish bilan qabul qilindi. 6 kun davom etgan mazkur seminarda farmatsevtika sohasi mutaxassislari, institut professor o’qituvchilari, O’zR SSV huzuridagi Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi xodimlari, Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi, Dori vositalari tibbiy buyumlari va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi DUK xodimlari, ATM farm MChJ, Nika farm MChJ, Bioorganika ITI, hamda qator ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislari qatnashdilar. A.P.Meshkovskiy ishtirokida tashkil etilgan 36 soatlik o’quv kursi davomida Biznes tuzilmalari, sifat menejmenti va tartibga solish tizimlaridagi umumiy masalalar, Farmatsevtika ishlab chiqarishda GMP qoidalarining o’rni, GMP ning asosiy komponentlari: tasdiqlash, o’z-o’zini nazorat qilish, rasmiy GMP inspektsiyasini qanday tayyorlash va o’tkazish, GMP amaliyoti, oraliq mahsulotlarni saqlash, GMP doirasida texnologik (ishlab chiqarish) hujjatlari, ISO 9000 standartlari va GMP qoidalari, ma’lumotlar ishonchliligi farmatsevtik sifat tizimining muhim tarkibiy qismi kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Toshkent farmatsevtika instituti tashabbusi bilan tashkillashtirilgan “GMP qoidalari va dorilar registratsiyasi” mavzusidagi katta ilmiy seminari yakunida kurs qatnashchilari institut tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar. Ushbu seminarning asosiy sababchisi dotsent Andrey Petrovich Meshkovskiy Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor Ibroxim Inomovich Alimdjanov tomonidan esdalik sovg’alari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.