Toshkent farmatsevtika institutida Andrey Petrovich Meshkovskiyning “GMP qoidalari va dorilar registratsiyasi” mavzusida katta ilmiy seminari tashkil etildi.

23.07.2018, 23:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2715

     

     

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi №PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorining ijrosini amalga oshirish maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti sohadagi xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va malakali mutaxassislarni professor o‘qituvchilar malakasini oshirish, hamda o‘quv jarayoniga jalb etgan holda amaliy ishlar olib bormoqda. Shu maqsadda 2018-yil 23-iyul kuni  Toshkent farmatsevtika instituti binosining 4-qavatidagi katta ma’ruzalar zalida I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetining sanoat farmatsiyasi kafedrasi dotsenti, Halqaro farmatsevtika federatsiyasi (FIP) a’zosi, GMP texnologiyalari va ularni amaliyotga tatbiqi bo‘yicha yetakchi mutaxassis Andrey Petrovich Meshkovskiyning “GMP qoidalari va dorilar registratsiyasi” mavzusida katta ilmiy seminari tashkil etildi. Bugungi seminarda asosan, farmatsevtika sohasining muhim bo‘g‘inlardan sanoat farmatsiyasi mutaxassislari zamonaviy, zaruriy bilimlar bilan ta’minlandilar. Seminarni har doimgidek, Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor Ibroxim Inomovich Alimdjanov ochib berdilar. Seminarda institut professor o‘qituvchilaridan tashqari ishlab chiqaruvchi korxonalarning etakchi mutaxassislari, Ilmiy tadqiqot institutlari hamda Dori vositalarining standartlash ilmiy markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Kun davomida A.P.Meshkovskiy o‘zining sohaga tegishli tajribalariga tayangan holda o’z ma’ruzalari bilan o‘rtoqlashdi. Ilmiy seninarlar 27-iyulga qadar davom etishi rejalashtirilgan.