“IQ va EQ testlar nima va ularni qanday farqlari bor?” mavzusida seminar trening o`tkazildi.

25.06.2018, 18:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 5433

Insonning qobilyatini yoki biror narsaga ta’sirini o’rganishda IQ va EQ testlari o’tkaziladi. Xo’sh bular aslida nima va qanday farqlari borligini FITQ kafedrasi assistenti F.X.Ismailova talabalar bilan o’tkazgan seminar treningda video roliklar, tarqatma materiallar yordamida qisqacha tushuntirib berdi.

EQ = Emotional Quotient = His-tuyg’u koeffitsenti;
IQ = Intelligence Quotient = Aql, idrok koeffitsenti;

EQ = Insonning his tuyg’uga ta’siri va his tuyg’uni boshqarish bilan jamoada samarali ishlashni anglatadi;
IQ = Insonning o’rganishga, tushunishga, ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati va samarali yo’llarni qo’llashni anglatadi;

Farqi:

EQ = His tuyg’uni tushunish;
IQ = Ma’lumotni tushunish;

Yuqoriligi:

EQ natijasi yuqori bo’lgan odam – har soxada o’zini tuta biladigan, bo’sh kelamydigan va qiyin vaziyatlarni his tuyg’u yordamida qo’lga ola biladigan shaxs;
IQ natijasi yuqori bo’lgan odam – ma’lumot va yangi soxalarni tezlik bilan o’rganishi hamda g’oyalar va boshqa narsalarni bir-biriga bog’lay oladigan shaxs;

Foyda taraflari:

Yuqori EQ natijali insonlar hodisalarni tez tushunadi va o’z tuyg’ulari yordamida nazoratga oladi. Shunga yarasha boshqalarning ham tuyg’ulariga aks ta`sir ko’rsatmasdan javob bera oladi;
Yuqori IQ natijali insonlar muvaffaqiyatga juda tez erishadi, xatto to’g’ri yo’nalishni topish uchun keraklicha kurashishdan ham qaytmaydi;

Cheklanishlar:

EQ natijani o’lchash bir muncha qiyinchilik tug’diradi. EQ testi 20-asr boshlarida rivojlandi va yana pastlashib ketib 1990-yillargacha rivojlanmadi.  IQ natijani o’lchashda duch kelinadigan qiyinchiliklarga insondagi individual imkoniyatlarni misol qilib keltirish mumkin. Bir ma’lumot bitta odamga to’g’ri kelsa boshqa odamga to’g’ri kelmasligi mumkin. Bu yerda qiyinchilik tug’diradigan yana kichik narsa bu – odamlar o’rtasida bunga nisbatan to’g’ri tushunchaning shakllanmaganligidadir;

PS.

Qo’shimchasiga “SQ = Spiritual Quotient = Ruxiy Koeffitsent” kabi testlar ham mavjud.

Mutaxasislar tomonidan bu koeffitsentlarni qisqacha qilib “EQ+IQ+SQ=Muvaffaqiyat” deb ta’riflashadi;