G‘OLIBLIK MUBORAK

20.06.2018, 20:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2813

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 2017-yil 21-noyabrdagi “Kitob mutoolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish maqsadida ta’lim muassasalarida “Men sevgan asar”, “Men sevgan adabiy qahramon”, “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” kabi mavzularda insholar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 10-son bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil  30-noyabrdagi 875-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2017-yil 02-dekabrda 760-sonli buyruq ishlab chiqildi va imzolandi. Mazkur buyruqqa muvofiq institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” mavzusida insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning birinchi bosqichi institut bakalavriat va magistratura talabalari o‘rtasida 2018-yil  yanvar va fevral oylarida hamda ikkinchi bosqichi esa (birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan talabalar o‘rtasida) 2018-yil mart-aprel oyida o‘tkazildi. Tanlovda jami 38 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur tanlovni targ‘ib etishda murabbiylar yaqindan yordam berdi va o‘z guruhlarida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Shuningdek, guruh murabbiylari o‘z talabalarini mazkur insholar tanlovida ishtirok etishlarida yaqindan ko‘maklashdi.

Institut  talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni”  mavzusidagi insholar ko‘rik-tanlovi Nizom talablariga ko‘ra amalga oshirildi. Hamda ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Tanlovning institut bosqichida 1-o‘rinni egallagan Sanoat farmatsiyasi fakulteti 4-kurs 6/2-guruh talabasi Pazliddinov Abdulvohid Vohobjon o‘g‘li respublika bosqichida ishtirok etib OTM talabalari o‘rtasida o‘z ijodiy ishi xakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib rag‘batlantiruvchi o‘rinni egalladi. Shu munosabat bilan institut talabasi Pazliddinov Abdulvohid Vohobjon o‘g‘lini bu yutug‘ bilan muborakbod etamiz. “Ilm martabasi martabalarning zo‘ridir” degan gap shubhasiz to‘g‘ridir.  Qaysi yerda ilm ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt va ma’naviyat maskani hisoblanadi. Go‘zal hulq bilan payvasta bo‘lgan ilm odamlarni baxtiyor qiladi, martabasini ulug‘ qiladi. Ilmdan maqsad esa ko‘rkam va ezgu ishlarni amalga oshirishdir. Bu yo‘lda tinimsiz izlanishda, harakatda bo‘lgan yoshlar shubhasiz  ko‘zlagan maqsadlariga erishajak.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi