”Research Frontier of Mechanical Engineering and Chemistry in Japan” mavzusida katta ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

19.06.2018, 12:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2360

2018-yil 18-iyun soat 14-00 da Toshkent Davlat Texnika Universitetining Yapon markazida Nobel mukofoti egalari Yaponiyadagi Nagoya universiteti professorlari ishtirokida Research Frontier of Mechanical Engineering and Chemistry in Japan mavzusida katta ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Nagoya universitetidan professorlar Susumu Xara va Masato Kitamuralar tashrif buyurishdi. Toshkent farmatsevtika institutidan 10 ga yaqin ilmiy izlanishlar olib borayotgan va ingliz tilida mukammal so‘zlasha oladigan magistrlar hamda doktorantlar ishtirok etishdi. Ulardan Shodiyeva Nilufar, Abdullayeva Ra’no, Imomaliyev Baxtiyor, Komilov Jasur, Gulyamov Shoxid, Shermatova Iroda, Usmanova Maftunalar yaponiyalik professorlar diqqatini tortdilar. Ma’ruzadar so‘ng o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Aylana stol seksiyasida har bir OTM dan bir kishidan tanlab olinib ular bilan ilmiy izlanishlariga doir mavzularda tajriba almashdilar. Toshkent farmatsevtika instituti magistrlari professorlarda katta qiziqish uyg‘otdi va institut bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish niyatini aytib o‘tdilar. 2-kurs magistratura talabasi Komilov Jasur professorlar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berib g‘olib chiqdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.