O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 05-iyundagi PQ-3775-sonli Qarori bilan batafsil tanishtiruv.

11.06.2018, 17:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3636

V/b kafedra mudiri X.Q.Olimov so‘zga chiqib, kafedra xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 05-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarori bilan batafsil tanishtirib o‘tdi.

Majlis qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga javob berish uchun, qarorning ayrim bandlari qaytadan tushuntirib o‘tildi.

Savol-javoblardan so‘ng majlis raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 05-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-3775-sonli Qarorini ijro va ma’lumot uchun qabul qilindi.