Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasida “Sanoat farmatsiyasiga kirish fanidan” 1-kurs 2-oqim talabalari uchun integral ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

09.06.2018, 18:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2557

2018-yil 9-iyun kuni soat 12 00da 2-binoning №8 auditoriyasida Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi G.R.Raximovaning Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 1-kurs, 2-oqim talabalari uchun Sanoat farmatsiyasiga kirish fanidan “Yangi dori turlarini rivojlanish istiqbollari” mavzusida integral ochiq ma’ruzasi o‘tkazildi. Mazkur integral ochiq ma’ruzaga kafedra mudiri V.R.Xaydarov, katta o‘qituvchilar S.T.Sharipova, Z.X.Abdijalilova va O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi f.f.n. SH.N.Madraximovlar tashrif buyurishdi. Ochiq ma’ruzada talabalarning o‘zlashtirishni aniqlash uchun “Aqliy xujum, Blits so‘rov, Bilaman, bilishni xoxlayman, bilib oldim” kabi pedagogik texnologiyalar qo‘llanildi. Talabalar yangi dori turlaridan kerakli a’zoga ta’sir etadigan liposomal dori turlari, nanokapsulalar, ta’siri uzaytirilgan dorilardan durula, lontab, dupleks, spansulalar, medulalar, “cho‘ntak dorisi”, OROS peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari, magnitli terapevtik sistemalar, ularning nomenklaturasi, ishlatiladigan yordamchi moddalar bilan tanishdilar.