DTT kafedrasida Farmatsevtik texnologiya fanidan “Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

08.06.2018, 15:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2482

2018-yil 8-iyun sanasida DTT kafedrasi “Farmatsevtik texnologiya” fanidan “Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur ochiq laboratoriya mashg‘uloti Farmatsiya fakulteti 3-kurs 2/2-guruh talabalari DTT kafedrasi assistenti, N.X.Aripova boshchiligida olib borildi. Mashg‘ulot jarayonida talabalar bilimi  “Klaster”, “Muammoli vaziyat”, “Aqliy hujum” interfaol usullarini qo‘llagan holda aniqlandi, laboratoriya mashg‘ulotida dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar bo‘yicha talabalar tomonidan amaliy ishlar olib borildi va ular o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi.

Ochiq laboratoriya mashg‘ulotiga “DVST” kafedrasi dotsenti Tadjiyeva O.J. va kafedra mudiri prof. Yo.S.Kariyeva va kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdilar.