«Fenotiazin, azepin, benzodiazepin, oksazin xosilalari taxlili» mavzuda ochiq ma’ruza o’tkazildi.

30.05.2018, 17:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2752

2018-yil 30-may kuni Toshkent farmatsevtika institutining Farmatsevtik kimyo kafedrasi dots. D.T.Gaibnazarovaning «Fenotiazin, azepin, benzodiazepin, oksazin xosilalari taxlili» mavzuda ochiq ma’ruza o’tkazildi. Ma’ruzada kafedra mudiri prof. V.N.Abdullabekova, institut Ilmiy-tadkikot va ilmiy–pedagogik kadrlarni tayyorlash  sektori mudiri, dots. N.T.Farmanova, Farmatsevtik kimyo kafedrasi dots. A.D.Toshpulatova, ass. N.B.Saidkarimova katnashdilar. Ma’ruzada mavzuga doir video roliklar, multimediyalardan foydalanildi. Shu bilan birga, ma’ruza materiali talabalarga zamonaviy pedagogik innovatsiyalar: «Insert», «Venn diagrammasi», «Keys stadi»  ko’rinishida taqdim etildi. Ma’ruza talabalar bilan o’zaro muloqot ko’rinishida o’tkazildi va ular shu mavzuga oid oxirgi zamonaviy ma’lumotlarga ega bo’ldilar.