Shayhontohur tumanidagi 254-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilarini Toshkent farmasevtika institutiga tashrifi

24.05.2018, 12:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3241

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi Shayhontohur tumanidagi 254-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikni amalga oshirmoqda.

2018-yil 22-may sanasida ushbu maktab o’qituvchi va o’quvchilar Toshkent farmasevtika institutiga tashrif  buyurdilar. O’quvchilarga Dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistenti A.S.Normurodov  va assistent N.Sh.Radjapovalar hamrohlik qildilar.

Assistent A.S.Normurodov Toshkent farmasevtika instituti muzeyi tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o’quvchilarni tanishtirdi.So’ngra assistent N.Sh.Radjapova o’quvchilarga Dori turlari texnologiyasi kafedrasini laboratoriya mashg’uloti, ma’ruza mashg’ulotlari bilan tanishtirdi.

So’ngra Toshkent farmasevtika instituti qoshidagi Akademik litsey faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu tanishuv o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.