Toshkent farmatsevtika instituti Biotexnologiya kafedrasida umumta’lim maktabi bilan o‘zaro hamkorlik boshlandi

26.05.2018, 17:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2814

Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarining ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, institut va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda 2018-yil 29-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 30-q/q-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 18-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Biotexnologiya kafedrasi mudiri va xodimlari kafedraga biriktirilgan Yashnobod tumanidagi 231-o‘rta umumta’lim maktabiga  tashrif buyurdi.  Ushbu tashrif davomida kafedra mudiri M.G. Ismailova  maktab direktori N.A.Inamova bilan xamkorlik rejasi va kasbga yo‘naltirish rejasi xaqida suxbatlashdi. Kafedra xodimlari dotsent Po‘latova F.O., katta o‘qituvchi To‘xtayev F.X. va assistent Usubbaeva SH.M. lar bilan birgalikda muxokama qilindi va kelishilgan xolda xamkorlik rejasi ishlab chiqildi. Ushbu rejaga ko‘ra quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

  1. 231-maktab qoshida “Biotexnologlar to‘garag”ini tashkil etish va to‘garakda faoliyat ko‘rsatish uchun kafedra xodimlarini jalb etish;
  2. Maktab bitiruvchilari uchun institutda ochiq eshiklar kunini tashkil qilish;
  3. 10-11 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha suhbatlar tashkil etish;
  4. Maktab o‘quvchilarini TFI qoshidagi litsey faoliyati bilan tanishtirish;