Talabalar Ilmiy jamiyatining an’anaviy 75-ilmiy anjumaning yopilish marosimi.

26.05.2018, 14:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2664

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlab 2018-yil 23-24 may kunlari Toshkent farmatsevtika institutida Talabalar Ilmiy jamiyatining an’anaviy 75-ilmiy anjumani o‘tkazildi.  24-may kuni tadbirning  yopilish marosimi o‘tkazildi. Talabalar Ilmiy jamiyatining ilmiy rahbari professor H.S.Zaynutdinov, rais sifatida farmatsiya fakulteti 3-kurs 10/1-guruh talabasi A.R.Axmedov faoliyat olib borishdi.Devoriy ma’ruzalarga farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti N.Yunusxo‘jayeva mas’ul sifatida faoliyat olib borib,barcha ilmiy ishlarni muvofiqlashtirish, tashkil etishda tinmay mehnat qilishdi.

     

Talabalar Ilmiy jamiyatining an’anaviy 75-ilmiy anjumaning yopilish marosimini institut professori X.S.Zaynutdinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilgan  tadbirning mazmun-mohiyati, talabalarning ilmiy salohiyati, ularning ilm olishga bo‘lgan qiziqishlari ortganligini ta’kidladi.Buni quyidagi statistika ham ko‘rsatadi:

     

     

     

    

Farmatsiya fakultetidan 251 nafar, sanoat farmatsiyasi fakultetidan 290 nafar talabalar ishtirok etishdi.Bu fakultetlarni talablarning umumiy soniga nisbatan 47-53%ni tashkil etadi.

Talabalar Ilmiy jamiyatining 8 bo‘limda faoliyat olib bordi.1-3-o‘rin sohiblari xomiy tashkilotlar tomonidan rag‘batlantirildilar.

Konferensiya yopilish marosimida “Nikafarm” korxonasi rahbari SH.M.Musinov, “ATMPharm” korxonasi territorial menejeri R.R.SHangareev ishtirok etishdi. “Nikafarm” korxonasi rahbari SH.M.Musinov 32 g‘olibdan 8 nafar talabaga, “ATMPharm” korxonasi 4 nafar talabag o‘z zavodlarida amaliyot o‘tashga sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

Barcha g‘olib talabalarni talabalar ilmiy jamiyati konferensiyasida  faol ishtirok etishganligi bilan qutlab qolamiz.