“Dorixona xizmatida tadbirkorlik faoliyati. Farmatsevtik faoliyatlarga litsenziya berish” mavzusida ochiq amaliy mashg‘uloti.

25.05.2018, 18:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2626

Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti “Farmatsiya” kafedrasi  dotsenti  A.M.Tuxtayevaning  2018-yil 22-mayda “Farmatsevtika ishini tashkil qilish” fanidan “Dorixona xizmatida tadbirkorlik faoliyati.Farmatsevtik faoliyatlarga litsenziya berish” mavzusida ochiq amaliy mashg‘uloti FADM yo‘nalishining 30-guruhida olib borildi. Reja bilan tanishtirildi. Tadbirkorlik va farmatsevtika faoliyatni litsenziyalashtirishning me’yoriy huquqiy asoslari: PQ №.2773, VM №185qarori, VM №284 qarorlari asosida farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashtirish shartlari tartiblari tushuntirildi. Barcha tinglovchilarda tarqatma materiallar bor. Aqliy xujum, Keys, Ven diagrammalari usullari asosida topshiriqlar bajarildi.

Tinglovchilar guruhlarga bo‘linib, chakana savdoni tashkillashtirish, litsenziya uchun ariza, bitim hujjatlari, dorixona va uning filiallari ochilishidagi sanitariya me’yor qoidalari belgilab olishdi. Tinglovchilar topshiriqlari va testlarni qiziqib bajardilar. Dotsent Tuxtaeva A. assesment usuli asosida bilimlar nazoratini o‘tkazdi. Dars multimedia asosida kompyuter texnologiyalarini qo‘llagan xolda o‘tkazildi. Dars yakunida tinglovchilar tomonidan litsenziyalashtirishga oid savollar berildi, javoblar hujjatlar bo‘yicha asoslab berildi.  Dars yuqori saviyada qiziqarli o‘tkazildi.