Xitoy fanlar akademiyasi vakillari bilan uchrashuv

25.05.2018, 10:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2339

24-may kuni Toshkent farmatsevtika institutiga Yuqori texnologiyalar markazi vakili k.f.n. Mirzaaxmedov Sharofiddin Yashirovich boshchiligida Xitoy fanlar akademiyasi universiteti xalqaro bo’limi direktori XIE YONG o‘z jamoasi bilan tashrif buyurdi. Toshkent farmatsevtika instituti rektori Ibroxim Inomivich Alimdjanov raxbarligida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Normaxamatov Nodirali Saxobataliyevich, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Nabiyev Tal’at Abduvaxidovich, Ilmiy kotib To‘xtayev Farxod Xakimovich, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Yunusov O‘ktam, Biotexnologiya kafedrasi mudiri Ismoilova Moxinur Gafurovna, xalqaro bo‘lim uslubchisi Adilova Nufuzaxon Abduxamid qizi muzokaralar olib borishdi. Muzokara mobaynida institut professor-o‘qtuvchilari faol ishtirok etishdi.

Xitoy Fanlar akademiyasi yosh olimlarni qo’llab-quvvatlash siyosati bilan  tanilgan. U ularga boshqa davlatlarning olimlariga tarqatiladigan stipendiyalar bilan ta’minlaydi. Bunday stipendiyalar tufayli CAS o’z muassasalarida tadqiqotlar o’tkazish uchun 1000 dan ortiq xorijiy olimlarni jalb qildi. Xitoy Fanlar akademiyasida tadqiqotlarni xalqarolashtirishga yordam berish ushbu tashkilot siyosatining bir qismidir.

Fanlar akademiyasi rivojlanayotgan mamlakatlarda ilmiy va texnologik taraqqiyotni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. 2004-yilda qabul qilingan maxsus stipendiyalar orqali CAS har yili rivojlanayotgan mamlakatlardan taxminan 50 nafar olimlarni taklif qiladi va ularga Xitoy Fanlar Akademiyasining institutlarida tadqiqot o’tkazish uchun imkoniyat beradi. Rivojlanayotgan dunyodagi olimlar uchun ilm-fan shifokorlarini tayyorlash dasturini har yili kamida 150 nafar kishi bilan o’qitish rejalashtirilmoqda.

Muzokara so‘ngida kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustaxkamlash maqsadida xakorlik memorandumi imzolashga qaror qilindi.