«Farmatsevtika tashkiloti personali va uning toifalanishi» mavzusidagi ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

24.05.2018, 17:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2604

2018-yil 16-may kuni Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi dotsenti, farmatsevtika fanlari doktori Nizom Davurovich Suyunovning Farmatsiya fakulteti 5A510502 – Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish magistratura mutaxassisligining I-kurs magistratura talabalariga Farmatsevtika tashkilotlarida boshqaruv tizimi fanidan «Farmatsevtika tashkiloti personali va uning toifalanishi» mavzusidagi  ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Suyunov N.D. ochiq ma’ruzasiga Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi dotsentlari: b.f.n. Z.SH.Xidoyatova, f.f.n. G.M.Ikramova; katta o‘qituvchilar: f.f.n. B.S.Temirov, N.A.Sodiqova assistentlar: M.T.Azimova, D.B.Ramatjonova, A.A.Raximov, N.X.Rajabova, F.X.Ismailova, SH.T.Aripov va boshqalar hamda 2-kurs magistratura talabalari ishtirok etdi.

Ochiq ma’ruzaga ichki ekspert sifatida Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti, f.f.n. M. Fatxullayeva qatnashdi.

Ochiq ma’ruzaga tashqi ekspert sifatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti «Mintaqaviy iqtisodiyot» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Xalmirzayev Ahmadjon Axunovich qatnashdi va ijobiy taqriz berdi.