75-Talabalar ilmiy anjumani

23.05.2018, 12:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2323

23-may kuni Toshkent farmatsevtika institutida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”ga bag`ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining 75-ilmiy anjumani bo`lib o`tmoqda. Anjumanda iqtidorli talabalar o`zlarining og`zaki va devoriy ma`ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Anjuman keng doirada, ya’ni 8 ta maxsus ajratilgan bo‘limlarda:

1.        Dori turlari texnologiyasi va farmatsevtika ishini tashkil qilish;

2.        Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;

3.        Sanoat farmatsiyasi;

4.        Kimyo fanlari;

5.        Tibbiy–biologiya fanlar;

6.        Biotexnologiya va fizika, matematika va axborot texnologiyalari;

7.        Tillar;

8.        Ijtimoiy fanlar

bo’limlarida yuqori saviyada o’tkaziladi. Barcha talaba yoshlarga omad tilaymiz.