Fizika fani bo‘yicha Respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

22.05.2018, 18:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3017

Toshkent farmatsevtika institutining rektori buyrug‘iga ko‘ra-(№ 01-747 02.05.2018) Namangan muxandislik texnologiya institutiga Fizika fani bo‘yicha olimpiadada ishtirok etish uchun institut g‘olibi Biotexnologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi Umarbek Xasanov va uning rahbari fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedra katta o’qituvchisi Tursunova Z.B. ishtirok etdi.

Namangan muxandislik texnologiya institutiga 13.05.2018-yilda tashrif buyurildi. Shu kuni tashkilotchilar turli viloyatlardan va Toshkent shahridan kelgan talabalarni ro‘yxatga olishdi.14-15.05.2018-yili Namangan muxandislik instituti bazasida O‘z.R.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 7.04.2018-yil. buyrug‘iga asosan Talabalar respublika olimpiadasining 2-bosqichi o‘tkazildi. Namangan sh., Kosonsoy ko‘chasi 7-uy (tel.0369-225-1007).

14.05.2018-yil. Soat 9:30 dan 10:00 gacha  Talabalar respublika fan olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining va komandalar rahbarlari ishtirokida majlisda olimpiadani o‘tkazish tartiblari belgilab olindi.

Toshkent farmatsevtika institutidan borgan komanda rahbari katta o’qituvchi Tursunova Z.B. olimpiada o‘tkazish Mandat komissiyasining a’zosi etib saylandi. Nizomga muvofiq  fizika fanidan materiallar bo‘yicha test topshir iqlarini bajarish 14-may soat 10:00 dan 12:00 gacha  amalga oshirildi.

Olimpiadaning 2-turida 5 ta masladan iborat yozma ishni bajarish soat 14:00 dan 16:00 gacha yozildi.

14.05.2018-yilda Olimpiada ishtirokchilari  Namangan shahridagi   To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Ishoqxon to‘ra Ibrat” majmuasiga ekskursiyaga borishdi.

15.05.2018-yili kunida olimpiadadaning 3-turi fizika fanidan nazari sinov o‘tkazildi. Shu kuni 4-tur bo’yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish amalga oshirildi.

15.05.2018-yilda soat 18:00 da tashkiliy qo‘mitaning yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Fan olimpiadasining g‘oliblari taqdirlandi.

Olimpiadaning I va II va 2018-yilning 14-mayida, III va IV-turi esa 15-mayda o‘tkazildi. Barcha turlarda 44 nafar talaba ishtirok etdi. Olimpiada turlarini o‘tkazishda, tekshiruv jarayonida nizomda ko‘rsatilgan talablarga qat’iy rioya qilindi.

Fizika fani bo‘yicha Respublika bosqichida Toshkent farmatsevtika institutining tabasi Umarbek Xasanov 4 ta turdan 215,0 ball to‘plab Respublika olimpiadasidaning 6 o‘rinni egalladi.

Fizika fani bo‘yicha olimpiada hakamlar hay’ati nizom talablari bo‘yicha Umarbek Xasanov va rahbari Tursunova Z.B. faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.