Yangi avlod darsliklarini yaratish ustida izlanishlar olib borilmoqda

19.05.2018, 17:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2435

2018-yilning 10-19-may kunlari Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Davlat Jahon tillar universitetida 10 nofilologik oliy ta’lim muassasalari uchun ingliz tilini o‘qitish va modul asosida yangi avlod darsliklarini yaratish innovatsion loyihasi ESP EMSTIRE (Uzbekistan, British council and Uzbek State Worid Languages University) doirasida amaliy seminar tashkil etildi. Ushbu amaliy seminarni britaniyalik professor Jeff Stanford (professor of Leicester University) olib bordi. Ushbu loyihada Tillar kafedrasi o‘qituvchilari mustaqil izlanuvchilar X.Maqsudova va F.Shirinovalar ishtirok etishmoqda. Loyiha doirasida bo‘lajak farmatsevtlar uchun ingliz tili fanidan yangi darslik yaratish rejalashtirildi.