“Kitob –beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbayi”

19.05.2018, 11:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2758

     

     

     

2018-yil 18-may kuni institut faollar zalida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkilot tomonida o’tkazilayotgan yoshlar haftaligi doirasida talabalar o’rtasida “Kitob –beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbayi” mavzusida ko’rik-tanlov tashkil etildi. Tadbirni institut rektori, professor I.I.Alimdjanov ochib berdi va barcha ishtirokchi talabalarga omad tiladi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan Said Ahmadning “Ufq” romani asosida tayyorlangan savollarga javob berildi va undagi qahramonlar, asarning mazmuni to’g’risida ma’lumotlar berildi. O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti G’oliblar diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Ma’lumki, muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev raxbarligida yurtimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.