Diqqat tanlov! “ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI”

16.05.2018, 18:11 E'lonlar 2752

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan 2018-yil 14-fevralda tasdiqlangan “Odam savdosi – davr muammosi” targ‘ibot loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 10-bandida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 1-maydagi 377-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  Toshkent farmatsevtika institut talabalari o‘rtasida “ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI” mavzusida “Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi referat” tanlovi o‘tkazilishi joriy etildi. Tanlov institut talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi va tanlov g‘oliblari institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplom hamda faxriy yorliq bilan taqdirlanadi. Tanlovda barcha talabalarni ishtirok etishga taklif etamiz. Tanlov bo‘yicha institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin (1-o‘quv binosi 16 – xona).