Toshkent farmatsevtika institutda Erasmus+ haftaligi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

16.05.2018, 14:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2979

2018-yil 15-may kuni soat 13:00da institutning faollar zalida Erasmus+ dasturi bo’yicha tashkilot vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda Erasmus+ dasturi vakillaridan NEO loyiha menedjeri Gulshoda Karlibayeva, NEO administratori Donohon Abdukasimovna va NEO loyiha magistori Umidjon Kulijanovlar Erasmus+ dasturiga bag’ishlangan prizentatsiyalari bilan qiziqarli ma’ruza o’tkazdilar. Tadbir davomida qatnashchilarga Erasmus+ dasturi bo’yicha kerakli ma’lumot va tavsiyalar berdilar. Tadbirda professor-o’qituvchilar, xodimlar, doktorantlar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etdilar.

     

     

     

     

     

Erasmus+ dasturi vazifalri.

  • Yevropa universitetlari bilan O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik qilish uchun mavjud barcha imkoniyatlar haqida ma’lumot berish
  • Yevropa hamkor universitetida qisqa muddatli ta’lim olish, doktorantura va magistraturada to’liq ta’lim va diplom olish, OTM professor-o’qituvchilar uchun dars berish va ilmiy tadqiqot olib borish bo’yicha mavjud imkoniyatlar haqidagi to’liq ma’lumotlar berish
  • Erasmus Mundus dasturi bitiruvchilarining xalqaro ta’lim tajribalari bilan tanishtirish
  • Ma’lumot izlash, ta’lim olish uchun talabnomalarni tayyorlash va topshirish bo’yicha amaliy maslahat va tavsiyalar taqdim qilish
  • OTMlar ishlanmalarining tijoratlashtirish bo’yicha chet el tajribasi, OTMlarda Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilish, tadbirkorlik malakalrni OTMlarda rivojlantirish bo’yicha ma’lumotlar taqdim etish