SP “Samsun – Tashkent Farm” LTD qo‘shma korxonasiga amaliyot tashrifi.

12.05.2018, 13:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2899

2018-yil 11-may kuni Dori vositalari sanoat farmatsiyasi kafedrasi assistenti farm.f.n. N.A.Azimova boshchiligida Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti 1-kurs 8-gurux talabalari bilan birgalikda tanishuv amaliyoti bo‘yicha SP “Samsun – Tashkent Farm” LTD qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdilar. Korxonada talabalar drotdan ampulalarni tayyorlash, ularni markirovka qilish jarayonlari bilan tanishdilar. Tashrif davomida talabalar amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar hamda o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.