“Dag‘al dispers sistemalar. Suspenziya, emulsiya, aerozollar va kukunlar. Sirt faol moddalar va ularning farmatsiyada ahamiyati” mavzusida integrallashgan ma’ruza o’tkazildi.

10.05.2018, 10:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 9607

2018-yil 8-may kuni Noorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori N.Q.Olimov hamda Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri, professor Yo.S.Kariyevalar tomonidan  farmatsiya fakulteti 2-kurs talabalariga  “Fizik va kolloid kimyo” fanidan “Dag‘al dispers sistemalar. Suspenziya, emulsiya, aerozollar va kukunlar. Sirt faol moddalar va ularning farmatsiyada ahamiyati” mavzusida integrallashgan ma’ruza o‘qildi. Ma’ruzada zamonaviy axborot kommunikatsion va pedagogik texnologiyalardan keng qo‘llanildi hamda ma’ruza qiziqarli muloqot tarzida olib borildi.

Integrallashgan ma’ruzada O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, kimyo fanlari doktori I.D.Bobayev,  Noorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo hamda Dori turlari texnologiyasi kafedralarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.