“Vatan sizni unutmaydi, mard o‘g‘lonlar!”

08.05.2018, 19:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2411

Bayram arafasida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xonadoniga tashriflar uyushtirildi. Jumladan, 2018-yil 8-may kuni Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Studentlar ko‘chasi, 36-uyda yashovchi Xodjanova Oksana, o‘g‘illari Temur va Salavatlar bilan uchrashishdi. Suhbat jarayonida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan kichik serjant Xodjanov Boris Isangalievichning olib borgan ishlari, jangovarlik mahoratlari yodga olindi. Ushbu xonadonga institut sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani, dotsent X.SH.Ilxomov, ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Yuldasheva, faol talabalar tashrif buyurishdi va estalik sovg‘alari taqdim etildi.