“Inson aziz, xotirasi muqaddas” mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir o’tkazildi.

08.05.2018, 17:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2559

Institutda Umumxalq bayrami Xotira va qadrlash kunini munosib kutib olish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, institut faollar zalida 2018-yil 8-may kuni soat 12-00da “Inson aziz, xotirasi muqaddas mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga institutda uzoq yillar davomida faoliyat yuritib, hozirda nafaqada bo‘lgan nuroniylar taklif etilib (26 nafar), talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni institut rektori, professor I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berib, hozirgi tinch-osoyishta kunlarimiz sababchilari bo‘lgan ota-bobolarimizga cheksiz ta’zimda bo‘lishni, mazkur kunlar qadriga etish haqida gapirdi. Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo‘‘tabardir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatini etkazish inson xotirasi muqaddas ekanligini tushuntirish asosiy vazifalardan ekanligini tushuntirdi. Shuningdek, hozirgi kunda institutda faoliyat yuritib kelayotgan faxriy professor-o‘qituvchilardan Q.Ubaydullayev institutning farmatsevtika sohasini rivojiga hissa qo‘shib kelgan ustozlarini eslab, ularga o‘z cheksiz hurmatlarini bildirishdi.Tadbirda bayram bilan qutlash uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sovrindori shoira Munavvara Usmonova ishtirok etib, o‘z she’rlaridan namunalar o‘qib barchani xushnud etdi. Tadbirda “Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyeva ishtirok etib o‘z chiroyli diltortar qo‘shiqlarini ijro etdi. Ayniqsa Malika Egamberdiyevaning jonli ijroda aytgan “Mustaxzod” qo‘shig‘i uzoq vaqtgacha barchani yodida qoladi.

 

     

     

     

     

     

Institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faol talabalari tomonidan uzoq yillar mehnat qilgan professor-o‘qituvchilar haqidagi przentatsiya ma’lumoti tadbir ishtirokchilari e’tiboriga taqdim etildi.

     

Tadbir davomida institutda faoliyat olib borib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylarga (26 nafar) institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alar taqdim etildi.