Samarqand Sharq gavharidir

08.05.2018, 16:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2951

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 07-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq institut talabalarini ajdodlari merosi bilan yaqindan tanishtirish, o‘tmish merosimiz va yurtimiz tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Buxoro, Xiva va Samarqand shaharlariga sayohatlari uyushtirilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri 2018-yil 6-may kuni institut Farmatsiya fakulteti 1-kurs 7/1-guruh talabalari va guruh murabbiysi Ashurova Nigora Xayitovna boshchiligida Samarqand shahriga tashrif uyushtirildi.Tashrif chog‘ida eng avvalo xadis ilmining sultoni sanalgan, buyuk vatandoshimiz Imom Al-Buxoriy xazratlarining ziyoratgohlariga borildi. Ularning hayotlari, ota-onalari haqida hamda kelgusi avlodlarga qoldirgan o‘chmas ilmiy-ma’naviy meroslari xaqida talabalarga ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng, ajdodlarimiz barpo etgan muqaddas qadamjolarga “Shohi zinda”, “Mirzo Ulug‘bek Rasadxonasi”, “Doniyol” payg‘ambar maqbarasi “Go‘ri Amir”, “Registon” ansambli kabi ziyoratgoxlarga borildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov qabrlari ziyorat qilindi va ular olib borilgan amaliy ishlar, xalq farovonligi, tinchligi yo‘lidagi fidokorona mehnatlari yodga olindi. Jami talabalar soni 10 nafarni tashkil qildi.