Yunusobod tumani 247-sonli umumta’lim maktabida tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.(Davomi)

08.05.2018, 16:10 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2775

2018-yil 04-may kuni Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi assistenti Madaminova M.A. tomonidan Yunusobod tumani 247-sonli umumta’lim maktabida tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiya fakulteti talabalri va metrologiya yo‘nalishi 2-kurs 1/2-guruh  talabasi Jabborova SH. “Sil kasalligi haqida umumiy ma’lumot” hamda “Sog‘lom turmush tarzi” mavzulari ma’ruzalari suhbat o‘tkazdilar. Tadbirda maktab direktori Tulametova S.M., MMIBDO Yoqubova M.A., O‘IBDO‘ Urozova N.U. maktab pedagoglari va 6,7,8,9,10-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda tibbiy madaniyatni oshirishga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.