Farmatsiya kafedrasida “Dorixonalarda foydalanilayotgan dorivor o‘simliklar tahlili” mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi.

08.05.2018, 13:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2483

2018-yil 8-may kuni soat 8:30da 133-auditoriyada Farmatsevtlarni malakasini oshirish fakulteti Farmatsiya kafedrasi dotsenti N.A.Abduraxmonova FADM yo‘nalishi 31-guruhda “Dorixonalarda foydalanilayotgan dorivor o‘simliklar tahlili” mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.

Ochiq darsda Farmakognoziya kafedrasi dotsenti M.A.Xodjayeva, Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti dekani prof. X.S.Zaynutdinov, farmatsiya kafedrasi dotsenti Tuxtayeva A.M., katta o‘qituvchilar Salyamova SH.T., M.Z.Islamovalar qatnashdilar.