Muqaddas qadamjolarga tashrif.

07.05.2018, 15:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2788

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3514-sonli qarorida belgilab berilgan “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatimiz bo’ylab ichki turizmni rivojlantirish maqsadida sanoat farmatsiya fakulteti 1-kurs 6-guruh talabalari va Ijtimoiy fanlat kafedrasi katta o’qituvchisi, guruh murabbiysi N.Yusupova rahbarligida Samarqand shahriga tashrif buyurildi.

     

     

Tashrif chog’ida hadis ilmining sultoni buyuk vatandoshimiz Imom Al-Buxoriy xazratlarining ziyoratgohlarida bo‘lib, ularning hayoti, bizgacha qoldirgan ilmiy-ma’naviy meroslari haqida ma’lumotlar olindi. Sayohat davomida ajdodlarimiz barpo etgan muqaddas qadamjolarga “Go‘ri Amir”, “Shohi zinda”, “Registon” ansambli”, “Mirzo Ulug‘bek Rasadxonasi” kabi ziyoratgohlarga borildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning qabrlarini ziyorat qilib, tug‘ilib o‘sgan mahallalari va ta’lim olgan maktablari bilan yaqindan tanishib chiqildi.

     

Samarqand shahrini ziyorat qilish talabalarga o‘zligimizni anglashga, tarixiy ildizlarimiz va buyuk ajdodlarimiz bilan yaqindan tanishishga imkon berdi.