Xalqimizning mard o’g’lonlarini xotirlab.

05.05.2018, 17:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2491

9-may “Xotira va qadrlash kuni” umumhalq bayrami munosabati bilan 5-may kuni Toshkent farmatsevtika instituti rektori, professor I.I.Alimdjanov boshchiligida bir guruh professor-o’qituvchilar va faol talabalar O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajargan va yurtimiz tinchligini saqlashda qahramonlarcha halok bo’lgan, xalqimizning mard o’g’lonlaridan biri kapitan Farxod Ibragimovning oilasiga tashrif buyurdilar. Oila a’zolari mehmonlarni samimiy kutib oldi. Suhbat jarayonida qahramonimizning ko’rsatgan jasorati, fidokorligi, vatanparvarligi hususida so’z yuritildi va bu har bir yosh uchun namuna bo’lib xizmat qilishi aytib o’tildi.Institut rektori oila a’zolariga hamdardlik bildirdi, jasorat ko’rsatgan Farhod Ibragimov barchaning yodida qolishini va uning oilasi uchun doimo ko’mak berishga tayyorligini ta’kidladi. Hamda ularga  bayram sovg’alari taqdim etildi. Oila a’zolari ushbu tashrif uchun minnatdorchilik bildirishdi. Institut jamoasining tashrifi “O’zbekiston-24” telekanali orqali efirga uzatiladi.