“Qadriyat, e’tibor va ezoz”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

05.05.2018, 10:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2641

2018-yil 4-may kuni faollar zalida umumhalq bayrami”Xotira va qadrlash kuni”ni munosib nishonlash hamda talaba-yoshlarni turli ma’naviy tahdidlardan himoya qilish maqsadida “Qadriyat, e’tibor va ezoz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirni institut rektori, professor I.I.Alimdjanov kirish so’zi bilan ochib, bugungi bayram umumhalq bayrami ekani, yurtimiz boshidan o’tkazgan tarih, tinchlik osoyishtalikni qadriga yetish, ajdodlarimizga munosib voris bo’lish, o’tganlar hotirasini doimo yod etish yoshlarning eng muqaddas burchlaridan biri ekanini ta’kidladi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB xodimlari Yuldashev Qudrat Abduvahobovich va Roziqov Abduholiq Hikmatullayevich, mehnat fahriysi Eshmurodova Madina aya ishtirok etib, o’z so’zlarida talaba-yoshlarni vatanparvarlikka, insonni ulug’lash, qadrlash, tinchligimizni asrashda yoshlarning faolligini oshirish to’g’risida qiziqarli ma’ruzalar qildilar. Tadbir talabalarda katta ta’surot qoldirdi. Tadbirda OAV ishtirok etdi.