TIJ – talaba yoshlar iqtidorini rivojida asosiy mezon.

04.05.2018, 18:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2412

Shaxsni tarbiyalash – Respublikamizning barcha ta’lim soxasida faoliyat olib boruvchi xodimlar zimmasiga o‘ta masuliyatli vazifani yuklaydi. Bu vazifani dolzarbligi O‘zbekison Respublikasi Prezidentining PK-2909 sonli qarorida ham o‘z aksini topgan. Belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish jarayoni o‘quvchi va talabalarni o‘qitishga yangicha yondashuv, o‘qituvchilarni o‘z kasbiga va o‘zgalarga, ya’ni ta’lim oluvchilarga o‘ta talabchanlik bilan munosabatda bo‘lishini taqazo etadi. Shu o‘rinda yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish uslubi  hisoblangan bilimlarini nazariy ko‘nikmalar bilan uyg‘un xolda qo‘llashning bir ko‘rinishi sifatida TIJ (talabalar ilmiy jamiyati) faoliyati aloxida o‘rin tutadi. Bu borada “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Kafedraning har bir professor o‘qituvchisiga talabalar biriktirilgan bo‘lib, ular institut doirasida o‘tkaziladigan TIJga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Tayorlanayotgan ilmiy ishlar talabalar tomonidan rahbar boshchiligida tadqiqotlar tarzda olib borilmoqda. Talabalar o‘zlarining ilk ilmiy ishlarini bajarishda tadqiqotchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lmoqdalar.

     

     

Farmakologiya va klinik farmatsiya

kafedrasi dotsenti    Rasulova V.B.