“Farzandning ota-ona oldidagi burchi va vazifalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

03.05.2018, 10:39 Institut yangiliklari, Yangiliklar 10504

Farmatsevtik kimyo kafedrasi professor–o‘qituvchilari va kafedra ma’naviyat ishlari bo‘yicha mas’ul I.Iminova tomonidan talabalar turar joyida “Farzandning ota-ona oldidagi burchi av vazifalari”, “Keksalarni e’zozlash xalqimizga xos fazilat” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kafedra professor –o‘qituvchilari va talabalar turar joyida yashovchi talabalar qatnashdilar. Tadbir boshida kafedra professori Q.A.Ubaydullayev va kafedra mudiri V.N.Abdullabekova so‘zga chiqdilar. Talabalarga maslaxat, nasixat va o‘gitlar berdilar. Talabalar ishtirokida saxna ko‘rinishlari, ota-ona va ustozlar xaqqi, ularni duosini olish lozimligi haqida  ma’ruza va sh’erlar o‘qildi. Jumladan Alisher Navoiyning ijodidan namunalar keltirildi. Talabalar ishtirokidagi saxna ko‘rinishlari barchada katta taassurot qoldirdi va kelajakda yana shunday tadbirlar o‘tkazish rejalashtirib olindi.