“Rektor va yoshlar” shiori ostida ochiq muloqot

03.05.2018, 09:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2599

2-may kuni soat 15:00 da institut faollar zalida “Rektor va yoshlar” shiori ostida ochiq muloqot tashkil etildi. Talaba-yoshlar institutdagi o’quv jarayoniga bo`lgan fikr, muommo va takliflarini ochiq olib chiqishdi. Talabalar tomonidan olib chiqilgan aksariyat muommolar ochiq muloqotning o`zida institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan o`z yechimini topdi. Talabalar tomonidan berilgan savollar va takliflarni, muommolar yechimini topish,bartaraf qilish o’quv ishlari bo’yicha prorektor T.Nabiyev, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor N.Normaxamatov,fakultet dekanlari va institutning O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilotiga yuklatildi.

     

     
Ochiq muloqatda tashabbus ko`rsatib chiqqan talabalarning institutdagi ta’lim sifatini oshirish va unga yangi innovatsiyalarni kiritish haqidagi fikr va g`oyalari I.I.Alimdjanov tomonidan qo`llab-quvvatlandi.Yoshlar bilan ishlash ular bilan muntazam muloqot qilish kundalik faoliyatimizning eng asosiy qismi bo’lishini ta’kidlab o’tdi.

     

     
I.I.Alimdjanov ochiq muloqot yakunida “Eng muhimi lokomativni joyidan siljitdik, uni tezlashtirish esa siz yoshlarni qo`lida. Sizlar mening farzandlarimsizlar, men sizlarga ishonaman bizning poyezd hammadan tez va oldin marraga yetib boradi!” deya yoshlarga qarata aytilgan so`zi yoshlardagi kuch va shijoatni yanada oshishiga asos bo`ldi.