“Master klass” tarzida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash.

30.04.2018, 19:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3207

2018-yil 28-aprel kuni Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o’qituvchisi F.A.Saydaliyeva klinik farmatsiya, farmakokinetika asoslari bilan fanidan reja asosida “Revmatizm- patogenezi, simptomlari va uni davolash” mavzusi bo’yicha farmatsiya fakulteti 5-kurs 3-1 guruhi talabalari bilan olib borilgan amaliy mashg’ulotni “Master klass” tarzida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan xolatda o’tkazdilar. Revmatizm kasalligining kelib chiqish sabablari, kimlarda ko’proq bu kasallikka uchrash extimolining yuqoriligi, davolashda antibiotikoterapiya va NYAKVlarning axamiyati, ularni o’rinli qo’llashni bilishi va profilaktika choralari to’g’risida gapirildi. Talabalarga tarqatma materiallari, ko’rgazmali materiallar taqdim etildi. Talabalar “Master – klass” tarzidagi amaliy mashg’ulotda faol qatnashdilar.