“English club”

30.04.2018, 10:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2587

28-aprel kuni institut Yoshlar markazida  O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti va Tillar kafedrasi hamkorlikda ingliz tilini o’rgatish, talaba-yoshlarning chet tillari o’rganishini qo’llab quvvatlash maqsadida “English club”ining a’zolariga master klass tashkil etildi.Hamda klubga talabalarni kengroq jalb etish, faoliyat olib borayotgan to’garaklarni yanada takomillashtirish, tengdosh-tengdoshga tamoili asosida talabalar bilimini oshirish maqsadida haftaning juma kunlari klub a’zolarining debatlari tashkil etiladi.