Toshkent farmatsevtika institutida bitiruvchilar taqsimoti bo’lib o’tdi.

27.04.2018, 20:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2683

2018 yil 27-aprel kuni institut kichik faollar zalida institut rektori I.I.Alimdjanov raisligida bakalavriyat va magistratura bitiruvchilarining ishga taqsimoti o’tkazildi. Ish beruvchilar respublikamizdagi yirik farmatsevtik korhonalar, sog’liqni saqlash boshqarmalari, o’rta-maxsus ta’lim tizimi, ishlab chiqaruvchilar, Dori-darmon AK va viloyatlardagi filiallari vakillari ishtirok etdilar. Ular tomonidan bitiruvchilarga korhonalardagi mehnat sharoitlari, beriladigan imkoniyatlar to’g’risida ma’lumotlar berildi va mexnat shartnomalari tuzildi.