Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga ko’maklashish maqsadida onlayn kurslar tashkil etildi

11.07.2020, 13:20 Yangiliklar 1362

O’zbekistan Respublikasi Prezidenta Sh. Mirziyoev tomonidan 9-iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muxokamasiga bag‘ishlangan yig’ilishda Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muxtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, mazkur yig‘ilishda davlat grant xisobiga taqsil olgan talabalarni 3 yil muddatga shunday xududlarga mexnat faoliyati uchun yo‘naltirish taklifi bildirildi. Institutni Davlat granti asosida bitirgan talabalarni ishga joylashish monitoringini o‘tkazish uchun mutaxassis kafedralar bilan birgalikda har bir talabaga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar bilan 3 yil majburiy ishlab berish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirish bo‘yicha shartnoma berilgandan keyin davlat ulushi bor korxona va tashkilotlarga ishlab berish haqida har bir talabaga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.Korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarni farmasevt kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va talabini o‘rganish maqsadida har bir viloyat tibbiyot birlashmalari, farmasevtika kompaniyalari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur vazifalarni so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida bitiruvchilar bandligini ta’minlashga ko‘maklashishni oliy ta’lim muassasasi joylashgan xudud(viloyat, tuman, shaxar, qishlok va boshqalar)ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari xamda o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda biznes-loyixalar (oliy ta’lim muassasasidagi mavjud ta’lim soxalariga oid) yaratish bo’yicha onlayn kurslar tashkil etildi.