Toksikologik kimyo kafedrasi professor-o`qituvchilari “Armiya Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi’’ mavzusida tadbir uyushtirdilar

22.01.2020, 16:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1979

2020-yil 17-yanvar  kuni 1500 da  katta  faollar  zalida  Toksikologik kimyo kafedrasi professor-o`qituvchilari  ishtirokida “Armiya  Yurtimiz tinchligi  va  osoyishtaligi ramzi”  mavzusida  tadbir bo`lib o`tdi.Tadbirni  O`quv va tarbiyaviy ishlar bo`yicha prorektor, farm. f.d.,professor  Z.A.Yuldashev  ochib berdilar. So`ng “Milliy armiyamizni rivojlantirish bo`yicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar’’ mavzusi bo`yicha   Bojxona instituti  “Bojxona  ekspertizasi  va tovarlarni tasniflash” kafedrasi mudiri professor, polkovnik Karimkulov Kurbonkul Mavlonkulovich  so`zga chiqdilar. Tadbirda farmatsiya  fakulteti, farmatsiya,  Kasbiy ta`lim  yo`nalishi 3, 4-bosqich talabalari ham faol ishtirok etdilar.

     

Toksikologik  kimyo  kafedrasi