“Axborot va murabbiylik soatlari”ni samarali tashkil etish yuzasidan online seminar o’tkazildi

13.10.2020, 16:04 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar 1078

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Axborot va murabbiylik soatilari”ni sifatli tashkil etish va samaradorligini oshirish yuzasidan 2020-yil 12-oktabr kuni online seminar tashkil etildi. Mazkur seminar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig’i Otabek Bozorov rahbarligida olib borildi. Mazkur tadbirda “Axborot va murabbiylik soatlari”ning natijadorligi hamda kelgusi haftadan boshlab “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan murabbiylik guruhlarida “Zoom”orqali  online shaklda tadbirlarni tashkil etish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Tashkil etilgan online seminarda Toshkent farmatsevtika instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori  O.I.Xudoyberdiev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi N.E.Yusupova, murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova va kafedralarning faol murabbiylari ishtirok etdi.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova