Xitoy Xalq Respublikasining Markaziy Janubiy universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

25.11.2019, 15:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2103

Bugungi  kunda Toshkent farmatsevtika institutida ko‘plab davlatlar bilan xalqaro aloqalar o‘rnatilib borilmoqda. 2019-yil 25-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika  institutiga Xitoy xalq Respublikasining  “Markaziy Janubiy universitetivakillarining  tashrifi amalga oshirildi. Tashrif buyurgan mehmonlarni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev, ilmiy va innovatsion  sohalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i N.Abzalova, xalqaro bo‘lim boshlig‘i N.Zaripova va yana boshqa rahbar xodimlar tomonidan kutib olindi.Tadbirda  N.S.Normaxamatov mehmonlarga Toshkent  farmatsevtika instituti haqida ma’lumot berdi. Xitoy xalq Respublikasining  Markaziy Janubiy universiteti vakillari tomonidan universitet hayoti  haqida tayyorlangan prezentatsiya namoyish  etildi. SHuningdek uchpashuv davomida  Toshkent farmatsevtika instituti va Xitoy Xalq Respublikasining  Markaziy Janubiy universiteti bilan hamkorlik qilish, professoro‘qituvchilar, talabalar  almashinuvi va yana ko’plab masalalar yuzasidan memorandum imzolash yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova