“O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlanayotgan “Munosabat” tok-shousida institut rahbar xodimlari va talabalarning ishtiroki
“O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlanayotgan “Munosabat” tok-shousining 2019 yil 20 may kuni soat: 16-00 da jonli tarzda efirga uzatiladigan sonida Toshkent farmasevtika institutining bir guruh rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Mazkur ko‘rsatuvda institut rektori I.I.Alimdjanov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar, ta’limda sifat ko‘rsatgichni yanada oshirish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi. Shuningdek, tibbiyot va farmasevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’limi jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish; tibbiyot va farmasevtika kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy ta’lim bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash; tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni ta’minlash; tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydoniga integratsiya qilinishini ta’minlash; kadrlarni tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama etildi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi