Marketing haqida

Po’latov Tirkash Sotiboldiyevich

Ilmiy darajasi va unvoni: – Iqtisod fanlar nomzodi va  ilmiy unvoni yo’q

Lavozimi: – Buyurtmalar portfelini shakllantirish bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’lim boshlig’i

Tug’ilgan vaqti: 25.06.1967-yil

Qabul vaqti: Chorshanba , Juma (15:00-17:00)

Tel.:(0 371) 256-18-18, (91) 191-67-00

E-pochta:marketing@pharmi.uz

 Veb-sayt:www.pharmi.uz

1995-yil Toshkent xalq xo’jaligi instituti (sirtqi),

2001-yil O’zbekiston milliy universiteti (sirtqi)

2001-O’zbekiston iqtisodiy o’sish moliyaviy ta’minlash mavzusi  bo’yicha nomzod desertatsiyasini himoya qilgan.

1991-2003-yy   Nizomiy nomli Toshkent davlat pedegogika universitetida katta xazinachi lavozimidan iqtisod va tadbirkorlik ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlagan.

2003-2019-yy    Turli tashkilotlar va oily o’quv yurtlarida xar hil lavozimlarda ishlab kelgan.

27- avgust 2019  yildan Toshkent farmasevtika institutida buyurtmalar portfelini shakllantirish bitiruvchilarni    ishga taqsimlash va monitoring bo’limi boshlig’I lavozimida ishlab kelmoqda

Toshkent farmasevtika instituti marketing xizmati bo’limi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.

          Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 48-son qaroriga asosan institutda “Marketing xizmati” bo’limi tashkil etildi.Mazkur bo’lim tashkil etilgandan buyon institutda kadrlar tayyorlash borasida keng ko’lamli marketing tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Marketing xizmati bo’limi maqsadi: ta’lim xizmatlari bozorida institut faoliyat ko’rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ishberuvchilar) tomonidan bo’lg’usi mutaxassis shaxsiga qo’yilgan talablarni bajarishga yo’naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg’a siljitish rag’batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko’rsatishga o’z vaqtida tayyorgarlik ko’rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Institutda kadrlar ist’emolchilarini fikr-mulohazalari asosida yuqori malakali zamon talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish maqsadida bo’lim tomonidan korxona va tashkilotlarning iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan joriy va istiqboldagi talablari va ehtiyojlari doimiy ravishda o’rganilib borilmoqda. Ushbu jarayonda tarmoq va sohalarni rivojlantirish dasturlarini hisobga olib, bakalavr va magistr kadrlarga bo’lgan parametrlarni ishlab chiqadigan viloyat hokimliklari bilan ham uzviy hamkorlik amalga oshirilmoqda. Vazirliklar, qo’mitalar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, shuningdek, viloyatlarni iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan talabini o’rganish asosida institutda mavjud va yangi ochilishi rejalashtirilayotgan yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlanayotgan kadrlarga “istiqbolli buyurtmalar portfeli” shakllantirilgan.

Bo’limning bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ishga joylashtirish borasidagi faoliyati.

Bugungi kunda institut O’rta Osiyo va respublikamizning farmasevtika sohasida yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institut ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasi yuqori bo’lganligi, institute jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tadbirlar institutda malakali, zamonaviy va bugungi kun talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlanishiga zamin yaratmoqda. Shuning uchun institutda tayyorlanayotgan kadrlarga korxona va tashkilotlar tomonidan ko’plab buyurtmalar berilib, bitiruvchilarga ish joylarini topishda qiyinchilik tug’ilmaydi.

Lekin shunga qaramay institut tomonidan bugungi kunda mehnat bozori talab qilgan yuqori malakali farmasevtika kadrlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish va ular salohiyatidan samarali fodalanishni tashkil etish, kadrlar asosiy buyurtmachilari bilan mustahkam aloqalar o’rnatish, o’z kadrlarimizni ishga joylashtirish va ular mehnat faoliyatini kuzatishga alohida e’tibor qaratilgandir.

07.01.2020, 14:51 14299