Abiturientlar uchun eslatma

QABUL TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOT

  • Hujjatlar qabul qilish muddati: 2020 yil 20 iyundan 20 iyul  soat tungi 24-00 ga qadar;
  • Test sinovlari o’tkaziladigan muddat: 2020 yil   1-20 avgust kunlari;
  • Qabul komissiyasi ish tartibi: Dushanba – Shanba (9:00-17:00);
  • Qabul komissiyasi telefonlari: (71) 256-19-16, (71) 256-14-10.

ABITURIYENTLAR TOMONIDAN ONLAYN RO`YXATDAN O`TISH UCHUN TAQDIM ETADIGAN HUJJATLAR:

  • fuqarolik pasporti;
  • o’rta yoki o’rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjat;
  • imtiyoz beruvchi hujjat.

MUROJAATLAR UCHUN INSTITUT CALL-CENTER TELEFON RAQAMLARI:

  • (71) 256-19-16, (71) 256-14-10

TEST SINOVLARI O’TKAZILISHI TARTIBI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

Test sinovlari kunduzgi, sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun 1-20-avgustida, kuniga uch smenada o’tkaziladi. Kirish imtihonlari 3 smenadan bo’ladi va abituriyenlar binolarga

  • 1-smena soat 07:30 da,
  • 2-smena soat 11:30 da,
  • 3-smena soat 15:30 da kiritiladi.
  • Imtihonlar  8:00, 12:00, 16:00 da boshlanadi.
  • Abituriyent test sinovlari boshlanganidan so’ng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.
  • Abituriyent ruxsatnomasida ko’rsatilgan sana va vaqtda test sinolarida ishtirok etadi.

Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.

 

 

2020-2021 – o‘quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish uchun video-qo‘llanma

 

Javoblar varaqasi bilan ishlash bo‘yicha video qo‘llanma

23.06.2020, 08:45 19275